Ogahiy mukofoti haqida

Badiiy tarjima sohasidagi Ogahiy nomli xalqaro mukofot ulug‘ shoir, tarixchi va tarjimon Muhammad Rizo Ogahiy sharafiga ta’sis etilgan. Ushbu mukofot O‘zbekiston abadiy hayotida yuksak e’tirofga loyiq bo‘lgan nufuzli mukofotlardan biri bo‘lib, o‘zbek adabiyotini milliy va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida har ikki yilda topshiriladi.

Servislar

Nega siz ishtirok etishingiz kerak?

Ogahiy mukofotida ishtirok etish — bu oʻz iste’dodingizni ko‘rsatish, ijodingizga e’tibor qaratish va o‘zbek adabiyotining yuksak e’tirofiga erishish imkoniyati. Ushbu mukofot nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham e’tibor qaratadigan nufuzli mukofotlardan biri hisoblanadi. Mana shuning uchun siz ishtirok etishingiz kerak boʻladi!

Ariza qoldirish
image

Ijodingizni keng auditoriyaga ko'rsating

Ogahiy mukofoti orqali asarlaringiz keng kitobxonlar ommasiga yetkaziladi va adabiyot ixlosmandlari tomonidan baholanadi.

image

Milliy va xalqaro e’tirof

Ogahiy mukofoti sovrindorlari O‘zbekiston va xalqaro adabiyot sahnalarida e’tirof etilib, ijodiy martabalarini mustahkamlaydilar.

image

Ilhomlantiruvchi hamjamiyatning bir qismi bo‘ling

Mukofot sizni iste’dodli yozuvchilar va adabiyot ixlosmandlari bilan birlashtiradi, yangi hamkorlik va ilhom manbalarini yaratadi.

image

O‘z ijodingizni rivojlantiring

Tanlovda qatnashish ijodiy o‘sish va professional rivojlanish imkonini beradi. Sizning asarlaringiz tanlov hakamlari tomonidan baholanadi va e’tirof etilishi mumkin.

Yangiliklar

Bizning yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 iyundagi «badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo ogahi nomidagi xalqaro…

Batafsil>
So‘z yangraydi satrlarda, satrlarning orasida…

So‘z yangraydi satrlarda, satrlarning orasida…

2025 yil 24–25 may kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Do‘rmon bahori” IV adabiy forumi o‘tkazildi.…

Batafsil>

KO‘P BERILADIGAN SAVOLLAR

Oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob oling

Qanday qilib o‘z nomzodini qo‘yish mumkin?

image

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot tanloviga tarjima asarlar tarjimonning o‘zi yoki tarjimonlar guruhi, adabiy-ilmiy tashkilotlar va nashriyotlar tomonidan taqdim etiladi. Buning uchun mukofot saytidagi maxsus link orqali onlayn ariza, shuningdek, tarjimayi holi, pasport nusxasi, tanlovga qo‘yilayotgan kitobning muqovasi, titul hamda oxirgi varag‘ining skanerlangan nusxasi hamda asarning elektron talqinini pdf formatida yuklash, yoki ushbu hujjatlarni elektron tarzda conferenceuzlit@gmail.com manziliga yo‘llash zarur. Shuningdek, hujjatlar tarjima asarning asli (kitob yoki asar bosilgan jurnal) bilan birgalikda 100066, Toshkent, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi manziliga “Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi mukofot tanloviga” belgisi bilan pochta orqali jo‘natilishi ham mumkin. Shuni nazarda tutingki, Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot tanloviga e’lon berilgan sanadan boshlab o‘tgan besh yil ichida kitob holida chop etilgan yoki bosma davriy va elektron adabiy nashrlarda e’lon qilingan tarjima asarlar qabul qilinadi. Bu tanlovga 2020-yildan to 2025-yilning 30-mayigacha e’lon qilingan tarjima asarlar qabul qilinadi, demakdir.

Tanlov yo‘nalishlari qanday?

image

Quyidagilar Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot beriladigan yo‘nalishlar hisoblanadi: o‘zbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima; o‘zbek adabiyotining she’riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima; o‘zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima; xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima; xorijiy tillarda yaratilgan she’riy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima; xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima. Dramaturgiyaga oid tarjima asarlar uning janriga mos ravishda ushbu bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar asosida ko‘rib chiqiladi.

Tanlov har yili o‘tkaziladimi?

image

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot uchun tanlov ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.

Oraliq til vositasida qilingan tarjima qabul qilinadimi?

image

Zamonaviy tarjimachilikdagi ilg‘or an’analarga binoan, Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot tanlovida bevosita asliyat tilidan qilingan tarjimalarga ahamiyat qaratiladi. Shuningdek, oraliq til vositasida qilingan tarjimalar ham qabul qilinadi (xususan, asar jahonda keng tarqalmagan tillarda bitilgan bo‘lib, dunyoda xalqaro deb e’tirof etilgan tillar orqali tarjima qilingan bo‘lsa).

Xorijdagi tarjimonlarning ishtirokidagi o‘ziga xosliklar

image

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot tanlovida qatnashuvchi xorijiy tarjimonlarning asarni o‘zbek tilidan amalga oshirganliklariga alohida ahamiyat beriladi. Xalqaro mukofotning xorijiy g‘oliblarining mukofotni olish uchun xorijdan kelish-ketishi, mehmonxonada yashash xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. G‘oliblarga belgilangan pul mukofotlari milliy valyutada to‘lanadi. Xalqaro tanlovning chet ellik g‘oliblariga pul mukofotlari imkoniyatga qarab, mukofot jamg‘armasiga teng ekvivalentda xorijiy valyutada to‘lanishi mumkin.

Tanlov mezonlari qanday?

image

Xalqaro mukofot tanloviga tarjima asarlar quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi: - o‘zbek xalqining qadimiy tarixi, bebaho qadriyat va an’analari, o‘ziga xos hayot tarzi, olijanob fazilatlari yuqori badiiy saviyada aks ettirilgan, milliy adabiyotimiz xazinasidan munosib joy olgan asarlarning chet tillarga tarjimalari; - umuminsoniy qadriyat va g‘oyalar tarannum etilgan, dunyo adabiyotida e’tirof etilgan, yuqori badiiy saviyaga ega xorijiy asarlarning o‘zbek tiliga tarjimasi; - asarning mazmuni va uslubini, badiiy o‘ziga xosligini to‘la saqlagan holda yuksak mahorat bilan amalga oshirilgan tarjimalar; - adabiy jamoatchilik orasida alohida e’tirof etilgan asarlarning yuksak saviyali tarjimasi.

Yosh chegarasi bormi?

image

Tanlovda yosh jihatdan chegara belgilanmagan. Lekin shuni nazarda tutish zarurki, Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot tanlovi professional, o‘z ijodi bilan adabiyot olamida ko‘rinayotgan tarjimonlar uchun mo‘ljallangan.

Asarlarga qo‘yiladigan talablar

image

Xalqaro mukofot tanloviga tarjima asarlar quyida belgilangan hajmdan kam bo‘lmagan miqdorda qabul qilinadi: o‘zbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida o‘n bosma taboq; o‘zbek adabiyotining she’riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida besh bosma taboq; o‘zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida besh bosma taboq; xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida o‘n bosma taboq; xorijiy tillarda yaratilgan she’riy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida besh bosma taboq; xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida besh bosma taboq. Shuni nazarda tutingki, tanlovga bir muallifning katta asari (roman, qissa, hikoyalar turkumi, she’riy turkum, doston, she’riy roman yoki she’riy yo nasriy dramatik asar) tarjimasi taqdim etilishi nomzodning g‘olib deb topilishiga ko‘proq imkon beradi.

Qayta tarjima qilingan asar qabul qilinadimi?

image

Ilgari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan asar boshqa bir muallif tomonidan qaytadan tarjima qilingan bo‘lsa, bu tarjima asar tanlovda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Shuningdek, avval e’lon qilinib, keyin qayta chop etilgan tarjima asarlar (yangi she’rlar yoki hikoyalar qo‘shib qayta chop etilgan bo‘lsa ham), ilgari boshqa tanlovlarda qatnashgan tarjima asarlar ham qabul qilinmaydi. Shuni nazarda tutingki, xalqaro mukofot bir shaxsga ikki marta berilmaydi, bir kishi ikki yoki undan ortiq yo‘nalishda qatnasha olmaydi. Agar asar hammualliflikda tarjima qilingan bo‘lsa, tarjimonlar soni ikki nafardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Hujjat topshirish borasida cheklovlar bormi?

image

Xalqaro mukofot tanloviga hujjat topshirish borasidagi cheklovlar faqat belgilangan me’yorlar doirasidadir. Ya’ni topshiriluvchi asarning hajmi belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi, asarlar belgilangan muddatdan kech topshirilmasligi, asarlarga qo‘yilgan talablar doirasidan chiqmasligi shart.

Bizning hamkorlar

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси
Ўзбекистон  Республикаси Фанлар академияси
Маънавият ва маърифат маркази